Soft Skills Academy


663 Members

Soft Skills Academy loyihasining rasmiy telegram kanali

↗️ Kelajakda kuchli raqobatga qarshi turish yoki ishsiz qolmaslik uchun qanday sifatlarni rivojlantirish kerak?

📨 Biz bilan bog'laning: @softskillsuz_bot
{links} {LinksTitle}
{/links}
Today Views : 0
Yesterday Views : 0
One Year Views : 14
Soft Skills haqida ajoyib video rolik!
2019/10/26 11:39
5 daqiqadan soʻng "Muzokaralar" mavzusida onlayn master klass boshlanadi. Quyidagi ssilkani bosing va master klassda qatnashing 👇 https://us04web.zoom.us/j/668863543?pwd=MjZaQzlCU2VkZlJCM3BEeDdBQUd0UT09
2019/10/15 17:56
Barchaga salom ✋ Bugun o'tkizilayotgan bepul onlayn master klassimizda qatnashish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. ✔️ Master klassda qatnashish uchun ushbu 🔗http://softskillsuz.tilda.ws/uz saytidan ro'yhatdan o'ting yoki @softskillsuz_bot ga xabar yuboring. 📌 Master klassda qatnashish bo'yicha barcha yo'riqnomalar 👆saytimizda va ushbu telegram kanalamizdagi oxirgi postda yozib o'tilingan.
2019/10/15 07:30
“Muvaffaqiyatli muzokaralarning 10 siri” onlayn master klassida qatnashish juda oddiy. Buning uchun 👇 1️⃣ ZOOM dasturini smartfoningizga yoki noutbukingizga o’rnatasiz. Quyida ushbu dasturlarni yuklab olishingiz mumkin (Iphone smartfonlarini ishlatuvchilari Appstore dan Zoom dasturini yuklab olishlari kerak) 📱Smartfon uchun: https://www.filecloud.uz/s/gYd0MZESBT2KCFr/download 💻 Noutbuk uchun: https://www.filecloud.uz/s/hlGO8mEzSJClwjA/download 2️⃣ Master klassga 🕗 yarim soat qolganda sizga telegramdan yoki oddiy sms orqali onlayn master klassga ulanish 🔗 linkini yuboramiz. Shu linkni ustiga bosib, Zoom dasturini tanlab, onlayn master klassga ulanasiz. 3️⃣ Dasturga kirganingizdan so’ng, o’z ismingizni yozib onlayn master klassda qatnashishingiz mumkin. ❗️Onlayn master klassga ulanish vaqtida internetingizni yoqishni unutmang.
2019/10/13 15:30
Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Sizlar bilan 🤝muzokara mavzusi bo’yicha ko'plab narsalarni gaplashdik. Shu vaqt davomida sezdikki, muzokara mavzusi juda ko’p insonlarga qiziq mavzu ekan. Ular uchun bu malakani egallash o’z ish faoliyatlarida katta ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqlab berdilar. ❗️Shu bois, sizlarni 🇺🇿O'zbekistondagi kuchli psixolog va trenerlardan biri bo'lgan Boboyor To'rayev ning 🗓15 oktyabr soat 19:30 da o'tkaziladigan "Muvaffaqiyatli muzokaralarning 10 siri" mavzusidagi ochiq onlayn master klassiga taklif qilamiz. Ushbu master klassda👇 ✅ Yaxshi taassurot qoldirish ✅ Suhbatdoshni to'g'ri anglash va tushunish ✅ Manipulyatsiyalarga bardosh berish yoki ularga uchramaslik ✅ O'ziga bo'lgan ishonchni oshirish ✅ Muzokaradagi texnika va uslublarni o'rganish va boshqa shu kabi qimmatli bilimlarga ega bo'lasiz. ❗️Agarda onlayn master klassda qatnashmoqchi bo'lsangiz ushbu 👉 http://softskillsuz.tilda.ws/uz saytiga kiring va ro'yhatdan o'ting yoki @softskillsuz_bot ga xabar yuboring.
2019/10/12 16:48
​​🇮🇸Buyuk Britaniya olimlarining ma'lumotlariga ko'ra ingliz kompaniyalari noto'g'ri o'tkazilgan muzokaralar sababli 🕐har soatda 💵14 million dollar yo'qotar ekan. ——————- ❗️Sizda muzokaralar qanday o'tadi? ❗️Sizda o'zingiz xohlamagan holda chekinish yoki siz uchun manfaatsizroq shartlarga kelishish holatlari bo'lganmi? ▪️Agar shunday bo'lsa, unda bu holatni to'g'rilashni imkoni bor. Buning uchun siz muzokara olib borish malakasini o'zlashtirishingiz kerak! Zero, kuchli muzokara olib borish sizni muvaffaqiyatingiz yoki mag'lubiyatingiz sababi bo'lishi mumkin. ✅ Yodda tuting, 🤝muzokara bu nimani gapirishingiz emas, balki shu narsani qanday gapirishingizdir. ——— 📌Ma'lumot uchun: Telegram kanalimiz - @softskills_uz Telegram bot - @softskillsuz_bot
2019/10/11 16:15
Assalomu alaykum qadrli do’stlar! 🤚 Kanalimizni a’zolarining ko’p qismi tadbirkor, ishbilarmon insonlar ekan. Hammamizga ma’lum biz kun davomida bir necha yoki 10-20 dan ortiq muzokaralarda bo’lamiz. Ushbu muzokaralarning hammasi ham muvaffaqiyatli o’tmaydi. Aynan shu holatlardan biri haqida sizlar bilan bo’lishmoqchimiz. 👇Quyidagi videoda Boboyor aka To’rayev muzokara olib borishdagi asosiy xatolar va o’zlarining faoliyatlari davomidagi bitta muzokora haqida aytib o’tadilar. Videoni, albatta ko’ring! ✅ Agarda video sizga yoqsa, yaqin insonlaringiz bilan bo’lishing ↪️. Biz bundan judayam mamnun bo’lamiz. Barchaga omad!
2019/10/10 16:43
Assalomu alaykum aziz do’stlar! 🤚 Oldingi postlarimizda 🤝 muzokara mavzusi haqida aytib o’tgan edik. Bugun sizlar uchun muzokaraning qanday ahamiyatga ega ekanligi va e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan tomonlari haqida video tayyorladik! Videoni albatta ko'ring. Barchaga kelayotgan haftadagi muzokaralar omadli kelsin!
2019/10/06 17:51
Barchaga salom✋ Bugun sizlarga loyihamiz eksperti va kurslarimiz muallifi bo’lgan Boboyor aka To’rayev haqida to’liq ma’lumot olishingiz uchun bir nechta materiallarni tayyorladik. 👇Quyidagi videolar va maqolalar bilan tanishib chiqib, ekspertimiz haqida to’liqroq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. 💻 YouTube ▪️ MilliyTV Shirchoy ko'rsatuvi https://youtu.be/zGzxy_78FKA ▪️ Передача ТЕТ-А-ТЕТ https://youtu.be/i32cd9bZVCk ▪️ O'zimizni sevishni 5 ta sababi https://youtu.be/HsXId0MmGeU 📃Maqolalar ▪️https://kommersant.uz/norm-2019/ ▪️http://vot.uz/article/2015/10/09/on-ne-universalnyj-psiholog-karl-ne-universalniy ▪️https://nuz.uz/obschestvo/38605-bulling-v-uzbekistane-idei-resheniya-problemy.html
2019/10/06 14:37
​​Muzokara olib borish - bu har qanday tadbirkor, rahbar va xoh oddiy inson uchun muhim malakadir. 🤝Muzokara! Qachonki muzokara haqida gap ketsa, ko'pchilikni insonlarni hayoliga ofisda chiroyli kastyum-shimlarda jiddiy ko'rinishdagi insonlarni stol atrofida o'tirgancha nimadurlarni gaplashishlari tushuniladi. Bu kino va ko'rsatuvlardan bizni miyamizga singigan narsadir. Aslida, muzokara har doim va har qanday holatda bo'lib o'tadi. Kimgadir sotib olayotgan mahsulotini tushirishda, kimgadir shartnoma tuzishda, kimgadir investorlar bilan gaplashishda, kimgadir ish beruvchidan ko'proq oylik olishda kerak bo'ladi. Umuman olganda muzokara vaqtida barcha inson o'zi uchun qulay bo'lgan sharoitni yaratishga harakat qiladi. To'g'ri muzokara olib borish tadbirkor, rahbar, menedjer va kelajakda ish boshqaruvchi bo'lishni xohlovchilar uchun eng muhim malakalardan biridir. Sababi to'g'ri muzokara olib borish to'g'ridan to'g'ri sizning biznesingizga, daromadingizga, tashkiliy ishlaringizga o'z tasirini o'tkazadi. Hamma ham to'g'ri muzokara olib borishni biladimi? Albatta, yo'q❌. Lekin muzokara olib borishni siz o'rganishingiz mumkin. Zero, bu muhim malakani egallash orqali siz ham daromadingizni, ham faoliyatingizni, ham qiziqishlaringizni yaxshi tomonga o'zgartirgan bo'lasiz. ‼️ So'zimiz oxirida sizga bir savol bermoqchimiz. Muzokaralarni qanday olib borasiz? Siz oyiga yoki kuniga qanchalik ko'p muzokara olib borasiz? Javoblaringizni @softskillsuz_bot telegram bot orqali yuboring, biz sizga muzokara bo'yicha yanayam to'liqroq ma'lumot beramiz.
2019/10/04 17:40
​​O'zbekistondagi kuchli psixolog va trenerlardan biri bo'lgan Boboyor aka To'rayev biz bilan o'zaro hamkorlikni boshladik. Boboyor aka katta tajribaga ega, o'z sohasidagi haqiqiy mutahasis hisoblanadi. Ular AQSH, Rossiya va yana bir qancha chet davlatlarda o'qib, malaka oshirib va faoliyat olib kelgan. Ish faoliyatlari davomida yirik tashkilotlarda, jumladan Coca Cola, Ipak Yo'li Banki, Asaka Bank, Infin Bank, BAT, Dedeman, KRKA, ShurtanGaz, UNDP larda seminar-trening va master klasslar o'tkazganlar. Har oy Boboyor aka To'rayev insonlar bilan muloqot qilish, maqsadlar qo'yish, komandani shakllantirish, liderlik, muzokara olib borish va boshqa ko'plab mavzularda seminar-treninglar o'tkazib turadilar. Undan tashqari bir nechta teleko'rsatuvlarda qatnashadilar. Biz Soft Skills Academy aynan shunday kuchli mutahasis bilan hamkorlik qilamiz!
2019/10/04 07:05
​​Bir yildan ortiq vaqt davomida biz masofaviy ta'lim sohasida faoliyat olib kelmoqdamiz. Soft Skills Academy loyihasigacha biz bir nechta onlayn kurslarni yo'lga qo'yganmiz. Shulardan biri hozirda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Yana bir esa yaqin kunlarda qayta ishga tushish arafasida turibti. Mana shu vaqt va onlayn kurslarni yaratish mobaynida biz katta tajribaga ega bo'lish bilan birga har bir darsni o'quvchilarga maksimal darajada foydali, samarali, qulay hamda to'g'ri yetkazishni o'rgandik. Shu o'rinda biz shu yo'nalish bo'yicha yana bir yangi loyihani yo'lga qo'yishni rejalashtirdik. Tajribamizga asoslanib, bozordagi holatdan kelib chiqib va ko'plab izlanishlar natijasida judayam kerakli va muhim mavzulardan biri bo'lgan SOFT SKILLS (ikkinchi postda soft skills haqida ma'lumot olishingiz mumkin) mavzusi bo'yicha loyiha qilishga qaror qildik. Lekin loyihani boshlashda o'ziga yarasha qiyinchiliklarga uchradik. Eng asosiy muammolardan bir bu ekspert, ya'ni kurs muallifini topish bo'ldi. To'g'risini aytsak, juda ko'p qidirdik va nihoyat ekspertni topdik. Bir necha oy oldin ko'p yillik tajribaga ega hamda O'zbekistondagi kuchli psixolog va trenerlardan bir bo'lgan Boboyor aka To'rayev bilan uchrashdik. Boboyor aka o'zlarini sohalarida haqiqiy mutahasis hisoblanadilar. Ular insonlar bilan muloqot qilish, maqsadlar qo'yish, komandani shakllantirish, liderlik, muzokara olib borish va boshqa ko'plab mavzularda seminar-treninglar o'tkazib turadilar. Undan tashqari bir nechta teleko'rsatuvlarda qatnashadilar. Qisqa qilib aytganda, kuchli mutahasis va zo'r inson! (Boboyor aka haqida alohida post yozamiz) Uchrashuvimizdan keyin, Boboyor aka bilan bir nechta dolzarb mavzular bo'yicha onlayn kurslarni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olgan edik. Lekin ba'zi bir sabablarga ko'ra, loyihani boshlash ma'lum muddatga cho'zilib ketdi. Mana endi aynan loyihani boshlash vaqti keldi. Hozir Boboyor aka bilan bitta mavzuni tanladik. Bu mavzu judayam dolzarb mavzu. Umid qilamizki, siz aziz do'stlarimizga ushbu mavzu judayam foydali bo'ladi. ❗️Yaqinda qanday mavzu tanlaganligimizni e'lon qilamiz. Sizlarga savol biz qanday mavzuni tanlagan bo'lishimiz mumkin? Javoblaringizni @softskillsuz_bot ga yuborishingiz mumkin.
2019/10/02 16:31
​​​​"Kelajakda kuchli raqobatga qarshi tura olish yoki ishsiz qolmaslik uchun qaysi sifatlarni rivojlantirish lozim? Aslida bu malakalar nima uchun kerak?" - deb so'rashingiz mumkin. Javob: Muvaffaqiyatli inson bo’lish va vaqtdan samarali foydalanish uchun faqat kasbiy bilim va ko'nikmalar (Hard Skills) yetarli emas. Shuningdek, biz odamlar bilan biznes va shaxsiy munosabatlarni qanday qurishni, ularni qanday boshqarish kerakligini (rahbarlik, jamoani shakllantirish), suhbatda (muzokaralarda) o’z qiziqishlarimizni qanday himoya qilishni, his-tuyg'ularimiz va fikrlarimizni qanday qilib to'g'ri boshqarishimiz kerakligini (Hissiy tafakkur), vaqtni to'g'ri boshqarish, biznes va shaxsiy vazifalarni samarali hal qilish uchun qanday to'g'ri fikr yuritish (tanqidiy fikrlash) kabi malaka-bilimlarni o’rganishimiz kerak. Ochig'i, bizga sizlarning yordamingiz kerak. Biz ishonamizki, Soft Skills Academy nafaqat onlayn formatdagi ta'lim loyihasi, balki atrofimizdagi odamlar va jamiyatimiz rivojlanishi uchun haqiqiy harakatlantiruvchi vositadir. Biz odamlarga fikrlash va biznes amaliyotlarini yaxshiroq va samaraliroq o'zgartirishlari uchun yordam bera olishimizga ishonamiz. Bizning kurslarimiz ishtirokchilari rivojlanishlari, yaxshi narsalarni yaratishlari, ko'proq daromad olishlari va o'zlarining turmush tarzlarini, shuningdek, boshqalarning turmush tarzini yaxshilashlarini istaymiz. Bizga qo'shiling, o’z layk, sharhlaringiz va repostlaringiz bilan bizni qo'llab-quvvatlang, shunda odamlar loyiha haqida ko'proq bilib olishadi. Rostini aytganda, siz bizning kurslarimiz mualliflari bo'lasiz, chunki biz ushbu kurslarni sharhlardagi fikrlaringiz va fikrlaringiz asosida yaratamiz. ❗E'tiboringiz uchun rahmat. Yaqin orada loyiha yangiliklari bilan o'rtoqlashamiz. Hammaga omad!✋
2019/09/28 16:31
​​Soft Skills Academy - bu ta'lim sohasidagi loyiha bo'lib, loyiha maqsadi insonlarni shaxsiy hayotda va ish faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlaridagi asosiy omillardan biri hisoblangan bilimlarini va malakalarini rivojlantirishdan iborat. Biz insonlar bilan muloqot qilish san'ati, liderlik, muzokara olib borish, komandani boshqarish, shaxsiy samaradorlik, vaqtdan samarali foydalanish, hissiyotlarni boshqarish va boshqa ko'plab noprofessional mavzularda onlayn kurslarni o'tkazamiz. Biz bilan birga bo'ling, qiziqarli yangiliklar hali oldinda!
2019/09/27 16:00
channel create
2019/09/21 20:03
1