BEMA'NAVIYAT


454 Members

Marketing, self-development, kuzatishlar, shaxsiy fikr, kreativ yondashuv. Kanalning umumiy mavzusi yo'q. Kanal mavzusi lifestyle!

❌ No Maʼnaviyat, no problems.

📬 Aloqa uchun: @BMarketologbot
{links} {LinksTitle}
{/links}
Today Views : 0
Yesterday Views : 0
One Year Views : 18
Shoshilmay yozdilar bobolar qadim Xanjarlar yuziga xanjarlar bilan. Men zoʼrgʼa qiynalib yozaman hadeb Uni qalam bilan, boʼsh soʼzlar bilan. Jangga ot surdilar bobolar qadim Xayrlashib sevgan yerlari bilan, Mening siyoh bilan zoʼrgʼa yozganim Toshga yozdi ular qonlari bilan. Rasul Hamzatov
2019/11/14 12:32
Barchamiz oʻqishimiz kerak boʻlgan asar. Unutmang “BIZ BARCHAMIZ BIR PAYTLAR BOLA BOʻLGANMIZ” https://telegra.ph/Kichkina-Shahzoda---biz-barchamiz-bir-paytlar-bola-bo%CA%BBlganmiz-11-14
2019/11/14 09:53
🎓 Idora: High time education center Telegram: @beprogrammer 📞 T: +998 71 200 02 60 🏢 Manzil: Toshkent shahri,Talabalar ko’chasi ,Oliy ta'lim vazirligi yonida 📍 Mo'ljal: Beruniy metrosi 💰 Narxi. IELTS 280000 GENERAL ENGLISH Course 4 month 190000. Rus tili.haftada 3 kun 175000 Koreys tili.haftada 3 kun 200000 Abuturentlar uchun:tarix matematika va ona tili va adabiyotdan maksimal o'quv kurslari 200000 🕰 Murojaat qilish vaqti: Istalgan payt 💵 To'lov turi:Naqd, Bank, plastik kartalari orqali qabul qilinadi. ‼️ Qoshimcha: Har bir dars kichik guruhlarda olib boriladi.1- dars bepul. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👇👇 @code_uzb
2019/11/11 12:23
Сергей Есенин - Как умеет любить хулиган Заметался пожар голубой, Позабылись родимые дали. В первый раз я запел про любовь, В первый раз отрекаюсь скандалить. Был я весь - как запущенный сад, Был на женщин и зелие падкий. Разонравилось пить и плясать И терять свою жизнь без оглядки. Мне бы только смотреть на тебя, Видеть глаз злато-карий омут, И чтоб, прошлое не любя, Ты уйти не смогла к другому. Поступь нежная, легкий стан, Если б знала ты сердцем упорным, Как умеет любить хулиган, Как умеет он быть покорным. Я б навеки забыл кабаки И стихи бы писать забросил. Только б тонко касаться руки И волос твоих цветом в осень. Я б навеки пошел за тобой Хоть в свои, хоть в чужие дали... В первый раз я запел про любовь, В первый раз отрекаюсь скандалить. Shuni videosini ham ko'rib qo'yiylik: https://youtu.be/j4qmqT4PWM0
2019/11/10 11:50
Odamlarga hayronsan. Yaxshi narsani sotib olishadi, ishlatib-ishlatib buzib qo'yishadi-da, "Yo'q o'zi shunaqa ekan, o'zi buzuq ekan", - deyishadi. O'zing shu ahvolga olib kelding-ku, nega endi noliysan! P.S Bu gapim kimnidir fe'l atvoridan noliyotganlarga ham mos tushadi.
2019/11/10 11:14
Bugun sizlar bilan Up-Sell hamda Cross-Sell haqida gaplashamiz. Xo'sh bu nima degani? Deylik sizda bir nechta tovar bor. Siz ularni alohida-alohida sotib foyda ko'rmayapsiz yoki kimgadir arzonroq tovar kerak. Bunday muammoni yechish uchun bizda yuqoridagi texnikalarni ishlatish imkoniyati mavjud. Up-Sell - bu tovarning turli xil versiyalarini ishlab chiqarish. Tovar bitta ammo uning afzalliklari hamda narxida farq bor. Keling buni biz iPhone X misolida ko'rib chiqamiz. iPhone o'zining X versiyali smartfonidan bozorga uch xilini chiqardi. Bular ba`zi qulayliklari hamda narxi bilan bir biridan farq qilar edi. iPhone X, iPhone XS, iPhone XS Max up-sell usulining yorqin misoli. Bu usulni bizda fast-fudchilar ko'p qo'llaydi. Gamburgerning turli o'lchamdagisini pishirishadi shovvozlar. Ho'p unda Cross-Sell nima? Bu shunday usulki, bunda sotilmay qolgan tovarlar sotilib ketishi mumkin. Deylik siz gamburger sotuvchisisiz, siz o'z gamburgeringizga kola+fri+sous qo'shib sotsangiz va "kombo yoki set" yasasangiz bu Cross-sell deyiladi. Bu usulni hamma joyda qo'llash mumkin. Ko'ylak sotib olganga galstuk, shim olganga rement qo'shib bering.
2019/11/09 17:37
Hayotda hech qachon hech narsadan achinmaganman. Lekin, doim ichimda vaqtga nisbatan rashk bo'lgan. Vaqtimga achinganman! Tasavvur qiling siz bitta loyiha boshladingiz. Bor kuchingizni, bor mehringizni, bor budingizni berdingiz. Lekin loyiha o'xshamadi. Siz bunda loyiha o'xshamagani uchun emas, ketkazgan vaqt uchun achinasiz. Uyqisiz tunlar, befoyda sovrulgan soatlar, tinimsiz mehnatning natijasizligi. Faqatgina shu narsalar odamni azoblaydi. Vaqtingizni qizg'oning, vaqtingizni asrang. Bu dunyoda hamma narsani topsa bo'ladi. Ishlasangiz pul topiladi. Harakat qilsangiz obro', lekin vaqtchi!? Olimlar hali vaqtni ortga qaytaradigan matahni ixtiro qilishmadi! Men har doim vaqtimga achinaman! Shuni o'rnida boshqa narsani sinab ko'rsam bo'lardiku! Shuni o'rnida yaxshirog'i bo'lsa bo'lardi-ku degan afsus yuragimni yegan. 4 yil oldin litseyda Fransuz tilini o'rganishga bor kuchimni sarf qildim. Ammo ushbu tilni o'rganganim menga foyda keltirmadi. Ingliz tilini o'rganyotganimda ilk marta vaqtimni behuda sarflab yuborganimni anglab yetgan edim. Bunday narsalar hayotimda juda ko'p bo'ldi. Hamma narsani behuda sarfladim. Vaqtni, hissiyotlarni va xatto sevgini ham. Unutmang hamma narsani uvvoli bor. Nimani isrof qilsangiz, jazoyingiz shu bo'ladi. Hech kimga bunday jazo tilamayman. Vaqtni ehtiyot qiling! Biz uni xudodan qarzga olganmiz!
2019/11/08 21:42
“Menimcha, bu —kitob” Батафсил http://www.yoshlarovozi.uz/?p=11927 Каналга аъзо бўлинг! https://t.me/Yoshlarovozi
2019/10/31 11:52
Anchadan beri ichmovdim, 4,5 litrga aljirab qoldim. Yana 3 litr ichish kerak. 😂😂😂😂
2019/10/27 22:50
ЭШИТЯПСАНМИ... Олийгоҳ.... Маъруза... Эшитяпсанми? Орқа партадаги юрак зарбини. Сен илк бор ўргандинг шу маърузада Улкан муҳаббатнинг кичик ҳарфини. Қизларнинг шовқини... Йигитлар сўкар, Булар - иккимиздан бегона дунё. Улар бошқа гуруҳ бўлиб ўқийди, Бошқа гуруҳдамиз иккимиз гўё. Парталар оралаб синфхонанинг Шовқинида сузар сезилмас севги. Манави нигоҳга қараб тўймайман, Секин жилмаяди. Бу қандай белги? Дарс эса давомлар... Ёз, чиз ва тингла.... Норизо овози келди устознинг. Бир онда ўзгарди шундоқ манзара, Мен эсимдан оғдим... Сен эса ёздинг. Дарслар тугаб кетди.... Танаффуслар ҳам, Соғинчларнинг охир келдими гали? Сабоқдошлар ҳам йўқ. Сен ҳам узоқда. Қанисан жонажон маъруза зали? Олийгоҳ... Маъруза... Эшитяпсанми? Орқа партадаги юрак зарбини? ✍Хуршид Aбдурашид @hazratikursdosh Қитмир талабалар канали⤵️ https://t.me/joinchat/AAAAAEu1-fJ33JvZiEKqZg
2019/10/22 14:21
Ha aytgancha postlar alamzadalik bilan metroga ketaverishda yozildi. Schedule'ga qo'yib qo'yilgan
2019/10/17 22:39
Inson qadri bir pul! Bugun birinchi marta shu telefon ishlatganimdan afsuslandim. Bilasizmi nega? Chunki bugun 14 soat ishxonada bo'ldim. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan ishxonaga telefon, diktafon, disk, fleshka singarilarni umuman qo'yishmaydi! (1984 😁) KPPdagi menga ajratilgan alohida yacheykaga telefonlarimni qo'yib ertalab soat 9:00 da ishga kirib ketdim. Kech soat 21:45 da ishdan chiqdim. Telefonimni olib qarasam atiga 2 martagina qo'ng'iroq bo'lgan ekan. Shundan biri ishxonada boshlig'im, meni ishxonadaligimni bilmay qo'ng'iroq qilibdi. Yana biri kursdoshim 20 minut kechikib boraman darsga demoqchi bo'lgan ekan. Yolg'iz yoki yetim bo'lsam ham mayliydi, alam qilmasdi 🤣🤣🤣. Prosta shuni bildim hech kimga hech qachon qizig'imiz ham, keragimiz ham bo'lmagan. Xullas, bugundan shu lanati telefonni ishlatmayman. Uyga ham bormayman. Ishxonada qolaman 😂😂😂 Inson o'zini kuchli, qobilyatli, zo'r deb hisoblashi mumkin. Lekin, hech kimga kerak emasligini bilib qolganda. Bu narsalarning hammasi bir pul bo'lib qolar ekan. Inson o'zini xuddi hech narsaga ishlatilmaydigan bir buyumdek his qilar ekan. Xuddiki, yangi tufli sotib olsa ichidan chiqadigan oaketchadagi oq yumaloq sharikchadek his qildim o'zimni. Sen ming chiranib harakat qilma, hayot o'z javobini aytadi. O'z tarsakisini uradi. Bari bir hayot oldida yengilasan. Biz hammamiz shundaymiz! Agar kingadir keragim bor deb o'ylasangiz: "Hammasini tashlab bir chekkaga chiqing, shunda bilasiz kimga keragingiz bor ekanligini". Bir sinab ko'ringchi! 🤣🤣🤣 Hazil!
2019/10/17 22:33
Domlam menga qarab: "Sen yoza olsang ham, internet qanday ishlashini nazariy jihatdan bilishing shart!",- deganda, men Edisonning quyidagi gapini esladim: "Men elektr toki qanday ishlashini bilmayman, lekin bu menga lampochkani ixtiro qilishimga to'sqinlik qilmadi". 😁😁😁
2019/10/15 13:55
"Talab-a"? Ne xayollarda poytaxt ostonasini bosasan, o'qishga kirasan. Keyin, keyin o'z oldingga yangi maqsadlar qo'yasan: -Endi mazza qilib o'qiyman; -til o'rganaman; -o'zimni rivojlantiraman? Davom et, davom et...! Eh, Azijon ,Azijon chuchvarani qanchalar xom sanagansan-a? Tadbirlardan ortarmiding?! Bor vaqting tadbiriga undan ortgani oyligini domlang olib, seminarni qo'ya tur, leksiyasida ham sen gapirishingga to'g'ri keladigan fanlarga ketsa, mana hozir bor bilming ham temirni zangidan kam bo'lsa. Buni ham qo'y, yoz bo'yi ne orzular qilding?! -Bu yil barini yig'ishtiraman! -O'zim uchun harakat qilaman! -Chetga ketish yo'lini o'ylayman!) -Stipendiyamdan o'zimni eplayman!? Aziginam, hisobni qachon o'rganar ekansan-a?! Davlating seni jaaa o'yladi-da, qarorlar qabul qilib, stipendiyangni "oshirdi"!) Ha, nima?! Seni o'ylasinmidi?! Sen ahir davlatni emas, otang va onangni bolasi bo'lsang ! Hayriyatki, shuni umuman yo'q qilmaganiga shukr qilding!) Endi nima qilasan? Hali ham o'z stipendiyangdan o'zingni eplamoqchimisan?! Oladiganing turgan kvartirangga yetmaydi-ku, eplayman deganingnichi?! Endi nima qilasan, ish qidirasanmi? Qo'lingdan nima ish ham kelardi? Yoki talaba bo'lganing uchun 0,25 ish beraman deb seni kutib turganlar bormi?) O'g'il bola bo'lsang-ku, kira qilsang, ofitsant bo'lsang, yana u-bu ishlar. Xo'sh, qiz bola nima qilasan? Uydagilaring: -O'zingni eplayapsanmi? -Pul jo'nataymi? - , desalar yuraging to'kilib tushadi. Otangni sendan boshqa bolalari borligini, sen 20 dan o'tsang ham o'zingni eplolmayotganing haqida o'ylaysan, umuman olganda o'zing ish topa olmayotganingda o'z aybingni bilasan. Ammo, odammiz, kimnidir ayblash kerak-ku, yana shu tizim va kontraktga to'nkaysan, zato vijdoningni tozalab olasan-da, qizi! Ha, aytgancha domlang yaqinda stipendiya tushishi, agar yaxshi o'qisang, "Rektorskiy" fonddan qo'shimcha mukofot olishing mumkinligini aytib, senga "motivatsiya" bergandek bo'ladi. -Hoooy, domlajan fondingizni qo'ying, avval hech bo'lmasa avgustda oshgan stipendiyamizni berib olsin, deyolmaysan. Siqil, Azijon siqil! Iloj qancha, dada salom, pul tomom! -, deymiz-da! To'xtang, qo'ng'iroq. Iye, ana dadamni o'zlari ekanlar. -Allo, dadajon , haligi ... Dada, balki sigirni sotarmiz-a?! Iiyyye, aytgancha, biz domda yashaymiz-ku! @jajjining_kundali
2019/10/15 00:02
Hansen Leadership Institute 2020 yozgi maktabi 📅 Iyul, 2020 ⛳️ San Diego, AQSH 💰Bepul, xarajatlar to'liq qoplanadi 🎤 Ingliz tili 🔗 Manba 📝 Roʻyxatdan oʻtish ⏰ Oxirgi muddat: 15.01.2020 #yozgimaktab #bepul #SanDiego #AQSH 👉 @event_uz
2019/10/13 20:46
ushbu videoni youtubdan ham tomosha qilishingiz mumkin https://youtu.be/sLcPnsECyrM
2019/10/13 08:14
Garri Potter endi O'zbekistonda. Hogvartsga xush kelibsiz! 😂😂😂
2019/10/12 19:35
Rossiyada gulday qizlarni Tutqunlikda saqlamas erlar. Sarmast etar bo’sa bizlarni Bexanjar-u bemakr-u bezar. Bu tong yuzli dildor qoshimda Bir bor xirom etsa noz bilan, Shohi ro’mol solgum boshiga, Yo’llariga sheroziy gilam. Mezbon, choy quy menga lolagun, Shoir senga so’ylamas yolg’on. Ehtiyot bo’l o’zingga bugun, So’ngra mendan qilmagin gumon. Eshikka ko’p qarayberma san, Gulbog’ingga, baribir, yo’l bor… Oqshom menga niqob ostidan Ohu ko’zin suzdi gulruxsor. Sergey Yesenin 😎🤟
2019/10/11 13:59
Nimadir xato ketibdi 😂😂😂
2019/10/10 13:21
Hayot o'zi shunaqa endi tozasiga yetdim degan payting. Sal nariroqda kimdir pinhona nimadir qilayotgan bo'ladi. 😂😂😂
2019/10/09 10:46
“Юртимиз тинч”, “осмонимиз мусаффо”... “Мана, “юртимиз тинч”, “осмонимиз мусаффо”. Ойлик маошлар у қадар ҳам яхши бўлмаслиги мумкин, лекин қарз ҳавола қилиб амаллаяпмиз. Дадам ва катта акам Россияда. Лекин, оиламиздаги тўкинликнинг сабаби бу эмас. Маҳалла “иноқ”. Раис ҳар куни “уйимизга ўзлари келиб”, камчиликларимиздан хабар олиб туради. Рўйхатда турмаймиз, участка нозири қўшнимиз. Маҳалла тинч. Мана 2 йилдирки, ҳовлимиз олдидаги шўр тупроққа майда-чуйда экамиз. Лекин, бирор марта хосил олмаганмиз. Мусулмончилик ҳам секин-асталик биланда биродар! Минг орзу-умид билан пойтахтда ўқиб келдим. Ишхонамдаги 90 фоиз одам номутахассис. Улар фақат иш билади. Шунинг учун ҳам янги технологиялар ҳақида гапиришни истамайман. Мени тушунишлари учун фандан ҳам бироз назария керак. Барибир нолимайман. Ҳамин қадар ойлик олиб, ишлаб юрибман. Ҳар куни ишга бориб келиш учун 20 минг сўм, тушлик учун 10 минг ва яна бошқа ҳаражатлар учун 10 минг сўм, жаъми 40 минг сўм ҳаражат қиламан. Ойлигим етмаса ҳам дадам ва акам омон бўлсин, пўл жўнатиб туради. Шу билан амаллаймиз. Барибир нолимаймиз. “юртимиз тинч”, “осмонимиз мусаффо”. Йилда бир марта оилавий айланишга борамиз. Бирор истироҳат боғига. Кейин, унинг камини тўлдириш учун 1-2 ой ишлаймиз. Ҳаммаси изига тушиб кетади. Айтишадику, бош омон бўлса дўппи топилади, деб. Бошимиз омонлиги учун дўппи тор келса ҳам топилиб турибди. онам ҳар тонг дастурхон устида дуога қўл очганида “юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин”, деб ният қилади. Шунданми, мана шу икки жумлани кўп ишлатаман. МИБдан келиб дилимизни минг пора қилишса ҳам, газдан келиб, йўқ газ учун ҳақ талаб қилишса ҳам, 23 йилдан бери кўмир ёқиб, ўпкамиз қора тутунга тўлса ҳам нолимаймиз. Ҳар тугул “юртимиз тинч”, “осмонимиз мусаффо”... @burgut_ali
2019/10/08 20:47
Hayoting davomida ahmoq boʻlib qimmatli vaqtingni bekorga sarflagan payting bu - domla javobini bilmaydigan savol berib, bir olam “tralyala-tralyala” singari soʻzlarni eshitgan payting.
2019/10/08 12:56
Nurbek bro “odin exbet”, “mostbet”, “saturnbet” ga oʻxshagan stavka oʻyinlari haqida yaxshi narsa yozibdi. Bitta ikkita katta auditoriyali kanallarda anchadan beri shunaqa oʻyinlar reklamasi aylanib yotibdi. Bitta bola takoy mehmonxonada, sariq sochli Maysara bilan yarim yalangʻoch, bir pochka dollarni sochib qoʻyib tushgan rasmini tagida: “Men boyib ketdim, senchi”, -degan reklama bilan odamlarni oʻziga jalb qildi. Keyin facebookda: “Bu qiz sizga beradi, tekinga. Sport stavkalarini”,- degan reklama ham shov-shuv boʻluvdi. Toʻgʻri bu oʻyinlar orqali boyib ketayotganlar bor. Lekin, shu boyib ketayotganlar oʻyinga pul tikib boyib ketmagan. Bular shu oʻyinni tashkillashtirgan odamlar. Yani qimor oʻynatganlar. Qimorda bitta qoida bor: Qimor oʻynagan yutmaydi, qimor oʻynatgan odam yutadi. Yutgan ham, yutqizgan ham aslida yutqizgan hisoblanadi. Keling men sizga buni oddiy arifmetika bilan tushuntiraman. Paxtakor-Bunyodkor oʻyiniga 100 kishi 15K soʻmdan pul tikdi. Bu esa shu oʻyin balansiga 1,5 mln pul tushdi degani. Shu oʻyinda atiga 10 kishigina 1.7 koefitsent bilan gʻalaba qozonib 25500 soʻmdan pul mukofotini oldi. Bu pulni umumiy summadan ayirsak 1 mln 245 ming soʻm sayt fondida qoladi. Endi aytingchi kim koʻproq pul yutibdi? Adminlar yoki pul tikkan balalar 1 mln 245 ming < 22500 soʻm Bu juda ham oddiy arifmetika. Siz va sizga oʻxshagan ahmaq balalar yutqizgan puliga, anov landavurlar Rim, Parij, London qilib blondinkalarni quchoqlab, merslar minib kayf qilib yurishibdi. Sizlar boʻlsa 10-15K soʻmni deb likkilab millionlarni va puldan ham qimmat boʻlgan vaqtni yoʻqotyapsiz. Nurbek bro zoʻr gapiribdi: “Yigitga beriladigan omadni bir marta 100 ming soʻm yutvolishga sarflavorma”
2019/10/08 12:31
Domlam mavzuning rejalarini yozdirguncha, Eminem 28 ta qo'shiq aytib bo'lar edi. Mindey o'ylab qarasa. 😎
2019/10/07 14:34
cem-adrian-ben-seni-ok-sevdim_(mp3CC.biz) (1)

Ben Seni Çok Sevdim Bir istiridyenin kıymetli incisini sakladığı gibi saklarım seni... Bir bahar dalının narin tomurcuklarını sakındığı gibi korurum seni... Çok derin... Derinlerimde ellerin... Bir armağan gibi Tanrı'dan bana... Kış güneşinde altın kirpiklerin... Ben seni çok sevdim... Ben seni çok sevdim... Belki zordur anlaması sessizliğimden... Ben seni çok sevdim... Ben seni çok sevdim... Sen oku kelimeleri gözlerimden...
2019/10/07 14:21
Daji ingliz tilida "olti" deyish ham kayf. 😂
2019/10/07 13:01
Tarix hech qachon xayr demaydi, tarix shunchaki ko'rishguncha deydi. Nafaqat insoniyat tarixi. Shu ekran orqasidagi mitti odamchaning ham tarixi takrorlanaverishi, bir qonuniyat asosida davom etaverishi juda g'alati. Hayotdagi hamma narsa yagona qonuniyat asosida davom etadi. Bu qonuniyat "G'oliblar va Landavurlar" qonuniyati. Omadlilarning ishi yurishib ketaveradi, landavurlar esa hamish orqada. Landavur odam qaysidir sohada omadli, qaysidir sohada omadsiz. Omad ham, omadsizlik ham umuman olganda nisbiy tushuncha. Kimnidir karyerasi uchadi, ammo shaxsiy hayotida oqsashlar bor. Kimdadir esa buning aksi. Hayot mazmuni nimadan iborat? Mana men tug'ildim, oradan 22 yil ham o'tdi. Boring ana umrimning 4 dan 1 ni yashadim ham deylik. Xo'sh shunday qilib o'lib ketaveramizmi!? Atrofingizga qarangchi, hayoti davomida shunchaki yashagan insonlar qancha ekan? Ozmi, ko'pmi? Meni har doim bir savol qiziqtirgan: Butun insoniyat nima uchun yashaydi? Insoniyatning ulug'vor bir maqsadi bormi? Bor bo'lsa u qanday maqsad? Yo'q bo'lsa nega yo'q? Hech shu haqida o'ylab ko'rganmisiz? Bir o'ylab ko'ring. O'zingizga bir nazar tashlab ko'ring. Hayotingiz monoton "дом-работа-дом" yoki yolg'onmi? Maqsadimiz bor yaxshi yashab, ezgu amallar qilishimiz kerak? Xo'sh ezgu amalni nima uchun qilishingiz kerak? Jannatga tushish uchunmi? Unda xudbin ekansiz! Bu xuddiki: "Dadam shkolat bergani uchun uni yaxshi ko'raman. Agar bermasa, yaxshi ko'rmasdim", - degandek gap. Aslida otani ota bo'lganligi uchun yaxshi ko'rish kerak. Uni ham xuddi shunday! Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz-a!? Endi esa tarixga qaytaylik. Siz 5 yoshingizda bog'chaga borgansiz. 7 yoshda maktabga, 16 yoshda kollej/litseyga, keyin oliygoh. 23-24 yoshda oila qurgansiz. Keyin ish. Keyin pensiya. Keyin.... Boshqalar ham xuddi shunday. Sizni bolangiz, nevarangiz, uning bollari hammasi xuddi shunday yashaydi. G'alatimasmi? Yanayam chuqurroq boramiz! Biz har doim bir xil xatolarni takror-takror bajaraveramiz. Issiq choy issiq bo'lsa ham og'zimizni kuydirib olaveramiz. Qizilda o'tish kerak bo'lmasa ham o'taveramiz. Kechikish kerak bo'lmasa ham kechikaveramiz. Aldash kerak bo'lmasa ham yolg'on gapiraveramiz. Aldanmaslik kerak bo'lsa ham ishonaveramiz. Ha biz shunday inson so'zining lug'aviy ma'nosi ham shu unutguvchi. Biz qasam ichib unutgan edik. Hoooov bir paytlar "Al-Miysoq"da esingizga keldimi!? Kelmadimi? Qo'lingizni ko'ksingizga qo'ying. Takrorlang: "Hammasi yaxshi, hammasi yaxshi!" Ha hammasi yaxshi! Hamma shunday deb o'zini va o'zgalarni aldaydi. Ishonch misqollab yig'iladi, chelaklab sovriladi. Darz ketgan oynaga insonning ham qaragisi kelmaydi-ku, u qanday qarasin? Ishonchingizni cho'ntagingizga solib qo'ying. Hali ko'p asqotadi! Hayot bu teatr. Bir kun pardalar albatta yopiladi. Hamma o'ynayotgan obrazidan chiqadi. Shunda sizga bahoni buyuk tomoshabin beradi. Xudbingina, o'zingizga savol berib ko'ringchi. Yashashdan maqsadingiz nima? "Mening g'alabam" kitobimdan parcha Ravshan Burxonov
2019/10/06 00:25
Yaxshilar, talabalik guvohnoma, oylik yo'l chipta hamda plastik kartamni bugun metroda tushurib qoldiribman,imkoningiz bo'lsa topishga yordam bering! Tarqating,juuda ham zarur!
2019/10/05 20:23
Adminstratorlar odam bo'lmaydi 😂😂😂
2019/10/05 17:06
Bu dunyodagi eng yomon ko'rgan narsam kasal bo'lish. Dunyo ko'zimga qorong'u bo'lib ko'rinib ketadi. Kasal bo'lganda odam ko'p narsani anglab yetadi. Masalan, juda ham ojiz bir zarracha ekanligini, yolg'iz ekanligini. Bu yil yolg'izlikning 7-yili tugayapti. Yana nechchi yil umr shunday o'tarkan bilmadim. Hech kim kasal bo'lmasin, hech kim! Ayniqsa musofir va yolg'izlar. 😁
2019/10/04 01:16
⚡️Shoshilinch xabar! Insayderlarning xabar berishicha ertaga 2-oktabr soat 1:00 dan soat 5:00 gacha Uzcard plastik kartalari ishlamay qolishi mumkin.
2019/10/01 20:02
#Табассум Чимилдиқ ҳангомаси Йигитликда содда дўстимиз чимилдиққа киришидан олдинги бўладиган куёв ошида ўтирибмиз. Уйланган оғайнилар бўлажак тадбир ҳусусида куёв тўрага ҳазил ҳузул тавсиялар беришарди. Мен ҳам сухбатга қўшилиб куёв дўстимга: "Буларнинг сўзига қулоқ солма. Сени майна қилишмоқчи. Келин болага ҳеч нима дема. Фақат у билан муомила қилиб чиққач,эшик ортидаги пойлоқчи янгалар олдидан без бўлиб ўтиб кетмагин, таъвозе билан қўлингни кўксингга қўйиб, "Рахмат маза қилдик" десанг бас, дедим. Лақма дўстим ростдан шундай дебди.Ўша янгалар ҳолатини бир кўрсам эди... © Санжарали Имомов Бўйдоқлар каналига уланиш: https://t.me/joinchat/AAAAAE6vuQDNjjdwxgVLgg
2019/10/01 19:21
7:58 👩‍🎓- Buncha uzoq qolib ketdingiz? 8:00 👨‍🎓- Men ham seni sog'indim
2019/09/30 18:56
- Bu dunyodagi eng daxshatli gap nima bilasanmi? - Yo'q, nima ekan? - Yakshanba bizda ish kuni degan gap. 😂😂😂
2019/09/28 19:53
Қўпол ва эгоистлигимдан, мени яхши кўрган одамлар, бир бир тарк этиб туришади мени. Ҳафсаласи пир бўлади. Улар мендан ниманидур кутиб яшашади. Балки яхши, очиқкўнгил, самимий романтикга айланиб қолишимни кутишар... Вот... Нимадур кутишади. Мен... Мен эса, мендан нимадур ўзгариш кутадиганларни, айни мендаги шу ўзгариш, ўша одамни менга нисбатан хурматини мустахкамлаши мумкинлиги учун ҳам, ўша одамни яхши кўра олмайман. Мен бу менман. Агар мени дарахт деб олсак, мени шохларим ўсиш траекториясини ўзгартириши мумкин холос, танам эса кесилиб кетгунимча ўзгармайди. Мен дарахтни, танамдаги чандиқлар, мисол қайсидур эшакмия пичоқ билан ўйиб ёзиб кетган "Ш+Н=С" каби ёзувдан тортган азоблар, ёки ўрмон ёнғинидан куйиб, аммо омон қолган танам эмас, мени шохларимдаги баргларни ялтирашига қараб менга муносабати мустахкамланувчи инсонларга мен хам абсолют қалбимни оча олмайман. Эртага танам тикка бўлсада, шохларим сал эгри ўсса, уларни хафсаласи пир бўлади... Мен эса очилган қалб билан қоламан...
2019/09/28 07:41
Marketingning asosiy qoidalaridan biri bu sotuvchi o’z potensial xaridorlari kim ekanligini tahminiy aniqlab olish zarur. Buning uchun tahlil o’tkazish kerak. Ho’sh tahlil qanday o’tkaziladi? Demak, boshladik. Auditoriyani tahlil qilish: 1. Xo’sh siz xaridorlarga nima taklif etayapsiz? (O’zingiz ishlab chiqarayotgan yoki yetkazib berayotgan maxsulot, xizmat ko’rsatish turi qanday ekanligini yozing. 2. Maxsulotni kimga sotyapsiz? (Xaridorlaringiz ichida eng ko’p uchraydigan odamlar haqida quyidagi savollarga javob yoizng) Jinsi: Yoshi: Oilaviy holati: turmush qurgan/bo’ydoq/ajrashgan Daromad darajasi: Avtomobil (bor/yo’q): Qayerda yashaydi (shahar/qishloq/tuman): Bo’sh vaqtini qayerda o’tkazadi: Nima o’qiydi: (kitob/gazeta/internet): Yana kimlardan maxsulot xarid qiladi: 3. Siz maxsulotingiz yoki xizmatingiz orqali xaridorlar duch keladigan qaysi asosiy muammoga yechim taklif qilyapsiz? 4.Yana sizning xizmatlaringiz yechim beradigan 3 ta muammo haqida yozing. (Agar topa olmasangiz, raqobatchilaringiz bilan solishtiring)
2019/09/26 20:07
Orzu bo'p qoluvradi shekilli. 😉
2019/09/26 09:13
"Biz ham odam, bizda ham ko'ngil bor", - debdi kuchukcha xo'jayiniga
2019/09/25 19:38
Bundan ikki yil oldin do'stim kafe ochish rejasi haqida gapirib qoldi. O'sha paytlari Samarqandda hali odamlar gamburgerni unchalik ko'p yeyishmasdi. Do'stimning rejasi esa aynan "Gamburger" savdosi bilan bog'liq edi. Biz o'zaro kelishib ushbu kafeni ochishga qaror qildik. Kafeni do'stimning dadasiga tegishli binoga joylashtirdik, reklama va brending bilan shug'ullandik. "Yetkazib berish" xizmati ("Доставка") joriy qildik. Raqobatchilarimizdan farqli o'laroq biz bepul yetkazib berar edik. Boshida ishlar zo'r ketayotgan edi. Chunki biz reklama bilan faol shug'ullanayotgan edik. Oradan bir oy vaqt o'tgach do'stim Germaniyaga uchib ketdi. Men ham imtihonlarga tayyorlanayotgan edim. Shu sababli kafeda ish bir muncha sustlashib qoldi. Oradan bir oy o'tgach men ishga qaytdim reklama bilan shug'ullandim. Kunlik 12 dona gamburger sotayotgan kafeni 50-60 ta sotuvga ko'tardim. Bu men uchun yaxshi natija edi. Keyinchalik reklama va sifat nazoratdan chiqqandan keyin yana savdo sustlashdi. Biz esa kafeni yopdik. Bunga sabab nima bilasizmi? Biz reklamani to'xtatib qo'ygan edik. Biz bu yerda cross-sell, up-sell singari usullardan foydalanishimiz kerak edi. Buni esa keyingi postlarimda qanday amalga oshirishimiz kerak bo'lganligini aytib beraman.
2019/09/25 11:02
"Oynangizni tuzatish kerakmi? Bizga qo'ng'iroq qiling!" - Marketing har yerda, hamma vaqt ishlaydi. 😁
2019/09/24 08:30
Men dunyo marketing bozorini o'rganib shunday xulosaga keldim. AQSH marketning sohasi bo'yicha mutlaq yetakchi ekan. Undan keyingi o'rinlarni esa Yaponiya va Xitoy mustahkam egallagan. Xo'sh rostan ham shundaymi? Rostan xuddi shunday. Yaqinda Agencyspotter.com nashri dunyoning eng yirik marketing kompaniyalari reytingini eʼlon qildi. Bunga ko'ra Jahondagi eng yirik 50 ta marketing kompaniyasining aksariyat qismi New York shahrida joylashgan. 50 ta kompaniyaning barchasini yozsam zerikarli bo'lib qolsa kerak. Shuning uchun keling TOP-10 ni ko'rib chiqamiz: 1. Accenture Interactive - daromadi 4.4 milliard dollar. New York. 18K ishchi kuchiga ega. 2. PwC Digital Services - daromadi 3.3 milliard dollar. Florida shtati. 10K ishchi kuchiga ega. 2015-yil tashkil etilgan. 3. IBM iX - daromadi 3 milliard dollar. New York. 15K ishchi kuchiga ega. 4. Deloitte Digital - daromadi 2.6 milliard dollar. New York. Sohasi Kiber xavfsizlik va brending. 5.Dentsu - daromadi 2.38 milliard dollar. Tokyo. 1901-yildan buyon mavjud. (AQSHdan ham oldin marketing sohasiga kirgan) 6.Eplison - daromadi 2.2 milliard dollar. Texas. 8K ishchi kuchi va 70 ta ofisi bor. 7.Ogilviy - daromadi 2.13 milliard dollar. New York. 450 ta ofisi bor. Mashxur mijozlari: Motorola, KFC, Amazon. 8.Bluefocus Com.Group - daromadi 1.9 milliard dollar. Pekin. 6K ishchi kuchiga ega. Mashxur mijozlari: Lenova, Samsung, BMW, Toshiba 9.BBDO - daromadi 1.8 milliard dollar. New York. 15K ishchi kuchiga ega. Mashxur mijozlari: Ebay, Samsung, HP, Visa, Airbnb 10. DDB - daromadi 1.7 milliard dollar. New York. Mashxur mijozlari: Volkswagen, McDonald's, Jeep. Ko'rib turganingizdek ushbu kompaniyalarning 10 tadan 8 tasi New York shahrida joylashgan. Chunki, New York "Doing Business" reytingi bo'yicha biznesmenlarga eng yaxshi sharoit yaratib beradigan shahar sifatida tanilgan. Shu sababli jahonning eng yirik kompaniyalari bosh qarorgohlarini AQSHga joylashtirgan. Bizda esa marketing bozori hali ham bo'shligini TV orqali qo'yilayotgan reklamalardan bilib olsangiz bo'ladi.
2019/09/23 13:59
Domlam aytdi: "Kimnidir sevmagan, kimdandir kuymagan odam qanday qilib ijodkor bo'lishi mumkin?" Men o'zimdan xursand bo'p ketdim. Demak yuzlab qizlar meni deb ijodkor bo'p ketibdi. 😁😁😁
2019/09/23 12:18
Mana o'sha reklama! Bu bema'naviyat amerikaliklarning Apple kompaniyasi biz ma'naviyatli, buyuk ajdodlar vorislari vatanining yillik daromadidan bir necha millard dollardan ko'proq sarmoyasini reklamaga tikadi. Tovba Amerikani biznikilar tahmin qilganini bilarmikan bular-a!? 😂 Xullas, reklamani ko'ring. https://youtu.be/z1APG3HjO4Q
2019/09/23 10:37
"Tarmoqli marketing" haqida qisqacha! 😁
2019/09/23 09:01
Hohlaymizmi yo'qmi bugun Viqor, Vip Brend, Allmax, Uno Mens Wear singari do'konlar, Makro, Korzinkadek supermarketlar xuddi shu usuldan foydalanib xaridorlarni manipulyatsiya qilishmoqda. Endiyam reklamalarni kayf bilan tomosha qilasizlarmi? 😂😂😂
2019/09/22 21:46
Marketing, marketing deb ko'p gapiramiz, keling shu marketing haqida nazariy bilimlarimizni ozgina ko'paytirib olsak. Quyidagi maqolada marketing haqida, eng ko'p ishlatiladigan atamalar haqida ma'lumot keltirilgan. Erinmay o'qiganlarni otasiga rahmat! Baraka topsin. O'qimaganlar bekar qilaslar o'qimasdan, davay tezda o'qish kerak. https://telegra.ph/Hosh-marketing-ozi-nima-09-22
2019/09/22 21:37
Marketing sizning biznesingizni yo bor qiladi yoki kasod qiladi.
2019/09/22 09:27
​​Bilasizlarmi bu yerga siz bilan meni nima olib keldi? Bizni nima birlashtirdigani sizga qiziqmi? Bizni birlashtirgan narsa ma'naviyat ham, pornografiya ham yo bo'lmasa betayin korikaturalar ham emas. Bizni birlashtirgan narsa bu marketing. Ha, ha adashmadingiz bu shunchaki marketing. Menga shart qo'yilgan edi: qisqa muddat ichida, juda kam mablag' bilan 1000 dan ziyod kishini bir kanalga jamlash. Men shu shartni bajarish uchun kanallar statistikasini o'rganib chiqdim. Telegram Analysticsda "Bemaza hazillar" kanalining effektivligi 75 foizdan yuqori ekanligini aniqladim. Odamlarni ko'proq jalb qilish uchun kanalda berib borilayotgan reklamalar matni hamda kanal kontentini o'rganib chiqdim. Auditoriyaning qiziqishidan kelib chiqib, hozirgi vaqtinchalik "Bemanaviyat" nomi ostidagi kanalni unga moslashtirdim. Natijani o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Biz 1.1K insonlarni kanalga jalb qilishga erishdik. Keling endi tanishib olsak. Men Ravshan Burxonov bo'lajak marketologman. Kanalni ochishdan maqsadim tovarlashib borayotgan jamiyat uchun yaqin 5 yilda eng kerakli kasbga aylanadigan marketologlikka odamlarni qiziqtirish. Kanalning asosiy kontenti marketing haqida bo'ladi. Kanalda siz turli xil sovrinli o'yinlarda ishtirok etib sovg'alar va pul mukofotlari yutib olishingiz, marketing rejalar tuzishni o'rganishingiz hamda bepul ta'lim olishingiz mumkin. Bizdan aslo uzoqlashmang, kuningiz hayrli bo'lsin!
2019/09/22 08:36
channel create
2019/09/20 15:22
1